2025-yil 30-iyun kuni Rossiyaning Qozon shahrida Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Qozon davlat tibbiyot universiteti o’rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilib kelinayotgan 3+3 shakldagi qo‘shma ta‘lim dasturning ilk bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Qozon shahridagi Tatariston Respublikasi Davlat Kengashi binosida Kengash raisi, Rossiya Federatsiyasi Qonunchilar kengashi huzuridagi xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha Tatariston xalqlari assambleyasi raisi Farid Xayrullovich Muhametshin boshchiligida tashkil etildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsuli, Tatariston xalqlari assambleyasi Ijroiya qo‘mitasi rahbari, Tatariston xalqlari do‘stligi uyi rahbari, Tataristondagi o‘zbek milliy-madaniy muxtoriyati raisi, Qozon davlat tibbiyot universiteti rahbariyati va Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi vakillari ishtirok etdilar.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan universitetning Davolash ishlari bo‘yicha prorektori Ma’rif Karimov bitiruvchilarga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Tadbirda qo’shma ta’lim dasturi bitiruvchilariga diplomlar tantanali tarzda topshirildi hamda hamkor universitet vakillariga minnatdorlik bildirildi.
Shuningdek, marosim davomida bitiruvchilar tomonidan “Shifokor qasamyodi” qabul qilindi. Tadbir yakunida ramziy tarzda oq kabutarlarni osmonga uchirilishi orqali bitiruvchilar uchun yangi hayot bosqichi boshlanganligi ifodalandi.