Toshkentda “O‘zbekiston – Ispaniya: Hamkor Universitetlar Sammiti – 2025” bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston–Ispaniya oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlik mustahlamlanmoqda

2025-yil 3-iyul kuni Toshkent shahrida oliy ta’lim sohasida muhim xalqaro tadbir — “O‘zbekiston – Ispaniya: Hamkor Universitetlar Sammiti – 2025” bo‘lib o‘tdi. Sammit O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ispaniyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamkorligida tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi ta’lim aloqalarini mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etishga xizmat qildi. Unda ikki davlatning nufuzli universitetlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, xalqaro ta’lim ekspertlari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Sammitda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Boymuradov ma’ruza bilan qatnashib, sog‘liqni saqlash va tibbiy ta’limda olib borilayotgan islohotlar hamda imkoniyatlar haqida axborot berdi va ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston–Ispaniya hamkorligini yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qator muhim kelishuvlarga erishildi.

Mazkur sammit O‘zbekiston oliy ta’lim tizimining xalqaro integratsiyasini chuqurlashtirish yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan