2025-yil 1-iyul kuni Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida (SPbDPTU) qo‘shma ta’lim dasturlarining ilk bitiruvchilariga diplomlarni topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim voqea SPbDPTUning 100-yillik yubileyi arafasida bo’lib o’tganligi alohida ahamiyat kasb etdi.
Marosimda Toshkentdan kelgan delegatsiya ishtirok etib, ikki yetakchi tibbiyot oliygohlari o‘rtasidagi ta’lim hamkorligining muhimligini ifodaladi.
O‘zbekiston va Rossiya tibbiyot oliygohlarining ikki tomonlama diplomlari ilk sohibi bo’lgan talabalarning bitiruvi tarixiy lahza sifatida muhrlandi. Tantanali ravishda o’tkazilgan tadbirda “Pediatriya”, “Davoalsh ishi” va “Stomatologiya” qo’shma ta’lim dasturlarini bitirgan 32 nafar bitiruvchiga diplomlar topshirildi.
Mazkur qo’shma dasturlarining 7 nafar bitiruvchilariga imtiyozli diplomlar topshirilishi alohida faxr bag’ishlaydi.
Shuningdek, tadbirda ordinatura mutaxassisliklari bo’yicha qo‘shma ta’lim dasturlari bitiruvchilariga ham diplomlar topshirildi. Ushbu tadbir ordinatura dasturlari bo’yicha to‘rtinchi bitiruv bo‘lib, tibbiy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning muvaffaqiyatli va barqaror amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.
Ushbu yutuq tibbiy ta’lim sohasida xalqaro aloqalarni rivojlantirish va yuqori malakali sog‘liqni saqlash mutaxassislarini tayyorlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Translate: Рус