Toshkent viloyatida “VoiceUp” yoshlar oromgohi

VoiceUp

2025-yil 15–20-iyun kunlari Toshkent viloyatida “VoiceUp” yoshlar oromgohi bo‘lib o‘tdi. “Har bir fikr – muhim, har bir ovoz – imkoniyat” shiori ostida tashkil etilgan ushbu loyihaga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, 🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorlikda asos soldi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetining faol va iqtidorli talabasi Kamilov Jasurbek ushbu oromgohda mentor sifatida ishtirok etib, yoshlar bilan bevosita ishladi

Jasurbek o‘z tajribasi va bilimlarini baham ko‘rish orqali ishtirokchilarni ilhomlantirdi, ularda ijtimoiy faollik va tashabbuskorlikni rivojlantirishga ko‘maklashdi.

Jasurbek Kamilov yetakchiligidagi jamoa qisqa vaqt ichida ijtimoiy muammoga yo‘naltirilgan loyiha ustida samarali ishladi va oromgoh doirasida eng faol guruhlardan biri sifatida e’tirof etildi.

VoiceUp VoiceUp

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan