Unda universitet rektori Shuhrat Boymuradov, soha ma’sullari va talabalar ishtirok etishmoqda. Tadbirning asosiy maqsadi – tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda bandlik masalalarini hal etishda samarali platforma yaratishdir.
Yarmarka davomida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, o‘zlarini tanishtirish va joyida ishga qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.