Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Bitiruvchi bandligi – 2025” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda

Bitiruvchi bandligi – 2025

Unda universitet rektori, professor Shuhrat Boymuradov, ish beruvchilar, soha mas’ullari va talabalar ishtirok etmoqda.

Tadbirning asosiy maqsadi – tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bitiruvchilarni o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ishga joylashtirish, ularning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda bandlik masalalarini hal etishda samarali platforma yaratishdir.

Yarmarka davomida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilish, mavjud bo’sh ish o’rinlari, mehnat sharoitlari, yosh mutaxassislar uchun yaratilgan qulayliklar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Bitiruvchi bandligi – 2025 Bitiruvchi bandligi – 2025

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan