EIDOS kompaniyasining mehmonlari Toshkent davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi

EIDOS

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Rossiyaning EIDOS kompaniyasining ikki yetakchi vakili tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Shuhrat Boymuradov kutib oldi. EIDOS kompaniyasining ijrochi direktori Nikolay Yuryevich Tikhonov va sotuvlar bo‘yicha direktor Abdurasul Rasulov universitetda bo‘lishdi.

Tashrif davomida mehmonlar universitet rahbariyati bilan o‘quv jarayonini takomillashtirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish, shuningdek, kelajakdagi hamkorlik istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar.

Bu tashrif EIDOS kompaniyasi bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va birgalikda rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

EIDOS EIDOS

EIDOS EIDOS

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan