Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetiga KOICA (Korea International Cooperation Agency) delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov kutib oldilar.
Tashrif davomida tibbiy ta’limini rivojlantirish, hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar salohiyatini oshirish, shuningdek, o‘quv dasturlarini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv KOICAning MNEF (Medical and Nursing Education for the Future) loyihasi doirasida o‘tkazildi. Ushbu tashrif ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kelajakda birgalikda amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilishga xizmat qildi.