BITIRUVCHILAR BANDLIGI: BIZNES MARAFON VA OCHIQ SUHBATLAR

BIZNES MARAFON VA OCHIQ SUHBATLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash maqsadida 2025-yil 8–9-iyul kunlari yurtimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli uchrashuvlar, seminar-treninglar va suhbatlar tashkil etilmoqda.

Ayni damda ushbu tashabbus doirasida Toshkent iqtisodiyot universitetida navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tmoqda. Unda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuhrat Abdujalilovich Boymuradov ham ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar tomonidan “Biznes marafon” seminar-treninglari o‘tkazilmoqda. Shuningdek, bitiruvchi talabalar bilan ochiq muloqotlar, ularning qiziqishlari, kelajak rejalari va duch kelayotgan muammolarini o‘rganishga qaratilgan suhbatlar ham tashkil etilgan.

Mazkur jarayon yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratish, ularning mustaqil hayotga tayyorgarligini kuchaytirish hamda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga faol hissa qo‘shuvchi yetuk mutaxassislar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

BIZNES MARAFON VA OCHIQ SUHBATLAR BIZNES MARAFON VA OCHIQ SUHBATLAR

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan