Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi!
Bu yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyentlar nafaqat o‘z bilim va ko‘nikmalarini, balki bag‘rikenglik, fidoyilik va inson dardini qalban his qilish kabi yuksak ichki fazilatlarini namoyon etmoqda.
Chunki surdotarjimonlik – bu oddiy tarjimonlik emas. Bu – yurak bilan eshitish, ko‘z bilan so‘zlashish san’atidir.
Maxsus pedagogika yo‘nalishidagi ushbu ijodiy imtihon – bu kasbiy tanlov bilan birga, kelajakdagi ijtimoiy mas’uliyat va insonparvarlik vazifalariga sadoqat sinovidir.
Бугунги имтиҳонлар ростдан ҳам жуда адолатли ва шаффоф бўлди. Ота оналар фарзандларимизнинг имтиҳон топшириш жараёнини онлайн кузатиб турдик. Имтиҳон жараёнини ташкил этиб берган Тиббиёт академиясига ота она сифатида ўз миннатдорчилигимни билдираман