Toshkent davlat tibbiyot universitetida «Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy imtihonlar bo’lib o’tdi

Maxsus pedagogika

Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun abituriyentlar qabulining navbatdagi bosqichi – «Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati» yo‘nalishi bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar bo’lib o’tdi.

Ushbu o‘ziga xos va dolzarb yo‘nalishda jami 15 nafar yosh abituriyent o‘z bilim, malaka va kasbiy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish uchun universitetga tashrif buyurdi. Imtihonlar doirasida ishtirokchilarning imo-ishora tilini egallash darajasi, nutqni tushunish va ifoda etish qobiliyati, kommunikativ ko‘nikmalari hamda kasbga bo‘lgan layoqati baholab borilldi.

«Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati» yo‘nalishi yurtimizda eshitish imkoniyati cheklangan shaxslarga sifatli ta’lim va axborot yetkazishda muhim o‘rin tutadi.

Surdotarjimonlar ijtimoiy tenglik va inklyuzivlikni ta’minlashda asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi. Mazkur yo‘nalishning Toshkent davlat tibbiyot universitetida yo‘lga qo‘yilganligi mamlakatimizda inklyuziv ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi

Maxsus pedagogika Maxsus pedagogika

Maxsus pedagogika Maxsus pedagogika

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan