O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga Tabriknoma

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

Hurmatli Shavkat Miromonovich!
Sizni 68 yoshingiz bilan chin dildan muborakbod etaman!

Yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi va yoshlar kamoloti yo‘lida olib borayotgan islohotlaringiz, tizimli tashabbuslaringiz va qat’iyatli rahbarligingiz natijasida O‘zbekiston bugun dunyo hamjamiyatida munosib o‘rin egallamoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi nomidan Sizga chuqur hurmat-ehtirom bildirgan holda, el-yurt roziligini qozongan fidokorona mehnatingizga yuqori baho beramiz.
Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish, tibbiy ta’lim sifatini oshirish va ilm-fan rivojiga berayotgan alohida e’tiboringiz biz, tibbiyot sohasi vakillarini yanada katta mas’uliyat va fidoyilik bilan faoliyat yuritishga undamoqda.

Sizga mustahkam sog‘lik, bardavom umr, yurt ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ezgu ishlaringizda yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Hurmat bilan,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori
Shuhrat Abdujalilovich Boymuradov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan