Mahalliy malakali professor-o‘qituvchilarni ishga chaqiramiz

e'lon

Toshkent davlat tibbiyot universiteti yuqori malakali va tajribali mahalliy professor-o‘qituvchilar Universitet jamoasiga jalb etish maqsadida tanlov asosida ishga qabul qilinishini bildiradi.

Biz quyidagilarni amalga oshirish orqali Universitet faoliyatini rivojlantirishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz:

tibbiy-kasbiy ta’lim tizimida yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

ta’lim dasturlarini xalqaro tibbiy ta’lim standartlariga muvofiqlashtirib, kompetensiyalarga asoslangan tibbiy ta’lim dasturlarini joriy etish;

o‘quv jarayonini amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirish, xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va innovatsion o‘quv-metodik materiallarni keng joriy etish, klinikalar va o‘quv bazalari faoliyatida nazariy bilim hamda amaliyotning uyg‘unligini ta’minlash uchun zarur sharoitlar yaratish;

fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqot ishlarini tibbiyot amaliyotidagi mavjud muammolarning yechimiga qaratish, tibbiy ta’lim, fan, innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash;

ilmiy salohiyatni muntazam ravishda oshirib borish va boshqalar.

Kimlar murojaat qilishi mumkin?

Universitetga quyidagi talablarga mos keladigan tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohalarida malakali mahalliy professor-o‘qituvchilar hujjat topshirishlari mumkin:

magistratura, PhD yoki unga teng daraja;

Universitet yoki tibbiyot muassasalarida pedagogik va/yoki klinik tajriba;

o‘zbek, ingliz va rus tillarida muloqot qila olish ko‘nikmalari.

Talab etiladigan hujjatlar:

ish tajribasi haqida ma’lumotnoma (Curriculum Vitae)

pasport nusxasi

diplomlar va baholar varaqalari (bakalavr, magistratura, PhD)

sertifikatlar (agar mavjud bo‘lsa)

maqolalar va akademik yutuqlar ro‘yxati (agar mavjud bo‘lsa)

Zarur hujjatlarni info@tma.uz elektron pochtasiga PDF formatida yuborishingiz mumkin.

Hujjatlar 2025-yil 15-avgustgacha qabul qilinadi.

Saralangan nomzodlar keyingi bosqich uchun ishchi komissiyaga taklif etiladi.

Qo‘shimcha savollar uchun yuqorida ko‘rsatilgan elektron pochta orqali yoki Xodimlar bo‘limiga kelib uchrashsangiz bo‘ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan