Toshkent davlat tibbiyot universitetida Shihezi universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Shihezi universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universitetida Xitoy Xalq Respublikasining Shihezi universiteti Birinchi klinik shifoxonasi delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mehmonlarni universitet rektori, professor Shuhrat Boymuradov samimiy kutib oldi.

Uchrashuvda Toshkent shahrida stomatologik laboratoriya tashkil etish bo‘yicha investitsion hamkorlik loyihasi muhokama qilindi. Tomonlar o‘zaro ilmiy-tadqiqot faoliyati, texnik va servis xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, talabalar almashinuv dasturlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Ma’lumot uchun, Shihezi universiteti 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda iqtisodiyot, huquq, ta’lim, tibbiyot va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda 30 mingdan ortiq talabalarni tayyorlamoqda. Universitetda 2600 dan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiy-ta’limiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Shihezi universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat tibbiyot universitetida Shihezi universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Shihezi universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi Toshkent davlat tibbiyot universitetida Shihezi universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan