Insultga qarshi kurashda global hamkorlik: xalqaro delegasiya TDTUda

Insultga qarshi kurashda global hamkorlik: xalqaro delegasiya TDTUda

Oʻzbekiston insultga qarshi kurashish, uni erta aniqlash va samarali davolash borasida xalqaro tajribani joriy etish sari ishonchli qadamlar tashlamoqda. Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.Boymuratov bilan Evropaning etakchi kompaniyasi ishtirokida muhim uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.

Delegasiya tarkibida Evropa insult tashkiloti (ESO EAST), Angels Initiative loyihasi va qator xalqaro ekspertlar, jumladan professor Yoqutxon Najmiddinovna Madjidova va Markaziy Osiyo boʻyicha koordinator Lev Pristupyuk ham bor. Ushbu uchrashuv doirasida memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Umumiy maqsad – Oʻzbekistonda insultga qarshi kurashda NIHSS xalqaro shkalasini, «Yoʻl xaritasi» algoritmlarini joriy qilish, logistika tizimini yaxshilash va tibbiyot xodimlari tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqish.

29 iyul kuni Respublikala shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida, 31 iyul kuni esa Sogʻliqni saqlash vazirligida xalqaro ekspertlar bilan muhim muzokaralar boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, Andijondagi markaziy shifoxona va Andijon davlat tibbiyot instituti bazasida nevrolog, reanimatolog va shoshilinch yordam mutaxassislari uchun amaliy treninglar tashkil etiladi.

Treninglar davomida:

NIHSS shkalasi klinik misollar asosida oʻrganiladi;

Insult turlari (TOAST klassifikasiyasi) va neyrovizualizasiyadagi erta belgilari tahlil qilinadi;

Pasientni tezkor KTga etkazish va yuqori balli bemorlar uchun xatti-harakatlar algoritmi muhokama qilinadi.

Prof. Yoqutxon Madjidova rahbarligidagi mazkur tashabbuslar, shuningdek, bemorni davolashdan to reabilitasiyagacha boʻlgan bosqichlarni qamrab oladi. Angliya va Germaniya tajribasi asosida qoʻllanma va mashgʻulotlar ham tashkil etiladi.

Xalqaro hamkorlik va malakali mutaxassislar bilan olib borilayotgan bu kabi tadbirlar Oʻzbekistonda insultni erta aniqlash va samarali davolash tizimini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Insultga qarshi kurashda global hamkorlik: xalqaro delegasiya TDTUda Insultga qarshi kurashda global hamkorlik: xalqaro delegasiya TDTUda

Insultga qarshi kurashda global hamkorlik: xalqaro delegasiya TDTUda Insultga qarshi kurashda global hamkorlik: xalqaro delegasiya TDTUda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan