Hozirda, Toshkent davlat tibbiyot universitetida HEMIS va Billing platformalarida integratsiya jarayonlari olib borilayotganligi (Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va Toshkent davlat stomatologiya instituti) sababli talabalar turar joyi uchun ariza yuborish 2025-yil 10-avgustdan boshlanishini ma’lum qilamiz.
ESLATMA! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679) asosan talabalar arizalarini my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/870) portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=5.%20Imtiyozli%20ro%E2%80%98yxatga%20quyidagi%20mezonlarning%20biriga%20mos%20keluvchi%20talabalar%20kiritiladi%3A) ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi (https://lex.uz/uz/docs/-6568679#:~:text=9.%20Umumiy%20ro%E2%80%98yxatga%20kiritiladigan%20talabalar%20quyidagi%20ketma-ketlik%20asosida%20talabalar%20turar%20joyiga%20joylashtiriladi%3A) talabalar uchun Talabalar turar joyida ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️1-kurs talabalari uchun 55-65 foiz;
▪️2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
▪️3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20-25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 10-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.
❗️Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
✈️Savol va murojatlar uchun:
99-767-09-45; 71-214-84-18



