Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari diqqatiga!

E'lon!

Toshkent davlat tibbiyot universitetida Talabalar turar joyi uchun ariza yuborish 2025-yil 8-avgust 18:00 dan boshlanishini ma’lum qilamiz.

ESLATMA! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.

Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun Talabalar turar joyida ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:

  • 1-kurs talabalari uchun 55-65 foiz;
  • 2-kurs talabalari uchun 15-20 foiz;
  • 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20-25 foizgacha ajratiladi.

Arizalar qabuli 8-avgust 18:00 dan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza  mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.

Savol va murojatlar uchun:  99-767-09-4571-214-84-18

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan