Toshkent davlat tibbiyot universitetida tyutorlar uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent davlat tibbiyot universitetida tyutorlar uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda

Ayni damda universitetning 1-son Akademik liseyi katta majlislar zalida “Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yishda tyutorlarga belgilangan vazifalar” mavzusida seminar o‘tkazilmoqda.

Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov, prorektorlar, fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar hamda soha mas’ullari ishtirok etmoqda. Seminar davomida tyutorlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatidagi ustuvor yo‘nalishlar, talabalarda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish, tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda.

Mazkur seminar tyutorlarning professional faoliyatini takomillashtirish, ularning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ishlarini yanada tizimlashtirish va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida tyutorlar uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda Toshkent davlat tibbiyot universitetida tyutorlar uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan