Toshkent davlat tibbiyot universitetida kibersport turniri start oldi

CS2 TURNIRI

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti talabalari o‘rtasida kibersport (cybersport) bo‘yicha qiziqarli va shiddatli turnir o‘tkazilmoqda.

Mazkur musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning intellektual salohiyati va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Turnir finalida ishtirokchilar turli kibersport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashib, g‘oliblar esa esdalik sovg‘alari va faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi.

Tadbir nafaqat sport ruhini, balki sog‘lom raqobat muhitini ham shakllantirib, talabalarda muloqot, strategik fikrlash va tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini kuchaytiradi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida kibersport turniri start oldi Toshkent davlat tibbiyot universitetida kibersport turniri start oldi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida kibersport turniri start oldi Toshkent davlat tibbiyot universitetida kibersport turniri start oldi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan