2025-yil 12-avgust kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga WEBSYSTEM xalqaro kompaniyasi (Koreya Respublikasi) vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasda universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov mehmonlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda “Sun’iy intellekt asosida termal va multispektral tasvirlashdan foydalanib quruq ko‘z sindromini diagnostika qilish qurilmasi” loyihasi bo‘yicha qo‘shma tadqiqot olib borish masalasi muhokama qilinib, kelishuv imzolandi.





