Garvard universitetining Saraton instituti vakillari Toshkent davlat tibbiyot universitetida

Garvard universitetining Saraton instituti vakillari Toshkent davlat tibbiyot universitetida

Kuni kecha Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Garvarda universitetining Dana-Farber nomidagi Saraton instituti (AQSh) vakillari tashrif buyurdi.

Mehmonlar universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov bilan uchrashdilar. Tadbirda universitet vakillari va xorijiy delegatsiya a’zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda onkologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish, saraton kasalliklarini oldini olish, davolash va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: Dana-Farber nomidagi Saraton instituti 1947-yilda tashkil etilgan bo‘lib, kattalar va bolalarda saraton kasalligini davolash hamda onkologiya bo‘yicha ilg‘or ilmiy izlanishlar olib borishga ixtisoslashgan. Institutning asosiy maqsadi – saraton kasalligidan aziyat chekayotgan bemorlar hayotini tadqiqotlar, davolash, ta’lim va profilaktika orqali yaxshilashdir. Institut tarkibida 4000 nafar xodim faoliyat yuritadi va yiliga 300 mingdan ortiq bemorga xizmat ko‘rsatiladi. Tarixida ikki nafar Nobel mukofoti sovrindorlari faoliyat olib borgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish va qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Garvard universitetining Saraton instituti vakillari Toshkent davlat tibbiyot universitetida Garvard universitetining Saraton instituti vakillari Toshkent davlat tibbiyot universitetida

Garvard universitetining Saraton instituti vakillari Toshkent davlat tibbiyot universitetida Harvard University’s Dana-Farber Cancer Institute Delegation Visits Tashkent State Medical University

Translate: Eng

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan