UNESCO loyihalarida ishtirok eting

YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasining 2025-yil 27-iyundagi 215/25-sonli xatiga muvofiq Global fuqarolik ta’limi sohasidagi ilgʻor tajribalari uchun taqdim etilishi rejalashtirilgan YUNESKO/Koreya Respublikasining “Global fuqarolik ta’limi uchun mukofoti” uchun tanlov e’lon qilingan.

Mukofot yetakchi yoshlar tashkilotlari, shaxslar, muassasalar hamda nodavlat notijorat tashkilotlariga taqdim etiladi. Har bir toifa gʻolibiga 50 000 (ellik ming) AQSH dollari miqdorida mukofot beriladi. Har bir davlat ikkita toifadan, jami uchta nomzodni tavsiya qilishi mumkin.

Nomzodlar YUNESKOning quyidagi platformasi orqali onlayn arizani ingliz yoki fransuz tilida to‘ldirib, 2025-yilning 1-sentyabr kuniga (Parij vaqti bоʻyicha UTC+1) qadar taqdim etishlari lozim:
https://unesco.sharepoint.com/sites/committees/GCED/

Yuqorida keltirilgan tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar toʻgʻrisidagi ma’lumotni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar vazirlikka yuborishingizni so‘raymiz.
O‘z navbatida, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuborilgan nomzodlar ma’lumotlari ko‘rib chiqish uchun YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasiga yuboriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan