Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda Yoshlar ishlari agentligi «Ustoz Med» loyihasiga start bermoqda

Ustoz Med

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida yaratilgan «Ustoz Med» platformasi o‘z faoliyatini boshlad

Mazkur loyiha doirasida O‘zbekistondagi ilk tibbiy ta’lim platformasi ishga tushirilgan bo‘lib, unda Toshkent davlat tibbiyot universiteti va yurtimizdagi boshqa yetakchi tibbiyot oliygohlarining nufuzli professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan yuqori sifatli video darsliklar jamlangan.

«Ustoz Med» loyihasining maqsadi – O‘zbekistonning har bir tibbiyot talabasi va shifokorini dunyo standartlariga mos, eng yuqori darajadagi ta’lim bilan ta’minlash.Platforma tibbiyot sohasidagi eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda talabalar va amaliyotchi shifokorlar o‘z kasbiy salohiyatini oshirish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.

Platforma tibbiyot sohasidagi eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi. Bu yerda talabalar va amaliyotchi shifokorlar o‘z kasbiy salohiyatini oshirish uchun noyob imkoniyatga ega bo‘ladi.

Kelajakdagi shifokorlar uchun eng yaxshi resurslar hozir sizning qo‘lingizda!

Batafsil ma’lumot va darsliklarni quyidagi havola orqali ko‘ring:

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan