Toshkent davlat tibbiyot universitetida yangi 2025-2026 oʻquv yiliga tayyorgarlik doirasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, universitetning 7 ta hududida Talabalarni turar joylarga joylashtirish uchun yordam ko‘rsatish markazlari faoliyati o‘z ishini boshlagan.
Markazlarda talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha alohida shtab tashkil etilib, universitet talabalar turar joylariga joylashish uchun topshirilgan arizalar ko‘rib chiqilmoqda.
Shuningdek, markazlardagi targ‘ibot bannerlari, infokiosklar, universitetning veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida tashkil etilgan joylar bo‘yicha doimiy ma’lumot berib borilmoqda.
Universitet talabalariga qulaylik yaratish maqsadida markazlarda Talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi xodimlari, tyutorlar hamda tarbiyachi-pedagoglardan iborat navbatchilik tashkil etilgan. Bundan tashqari, markazlarda faol yoshlardan iborat volontyorlar faoliyat yuritmoqda.
Eslatma: xabar berilganidek,, 1-bosqichga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Talabalar turar joyi” axborot tizimiga yuklash jarayoni yakunlangach 1-bosqichga tavsiya etilgan abituriyentlar talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda qo‘shimcha ma’lumot rasmiy manbalar orqali e’lon qilinadi.







