2025-yil 11–15-avgust kunlari Samarqand shahrida Samarqand davlar tibbiyot universiteti tomonidan «Liderlik haftaligi» xalqaro yozgi maktabi tashkil etildi.
Talaba yoshlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularning ilmiy va g‘oyaviy intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan yozgi maktabda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belarus va Rossiya Federatsiyasining tibbiyot oliygohlaridan 60 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Toshkent davlar tibbiyot universitetining bir guruh faol talabalari ham mazkur yozgi maktabda qatnashib, uning doirasida tashkil etilgan tanlov va musobaqalarda g’oliblikni qo‘lga kiritdilar:
- Nurtosheva Feruza – 1-Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi – “Brain ring” tanlovida 1-o‘rin;
- Ikromov Abdulaziz – 1-Davolash fakultetining 4-bosqich – “Brain ring” tanlovida 1-o‘rin;
- Yermaxamatov Ulug‘bek – 1-Davolash fakultetining 4-bosqich – Birinchi tibbiy yordam bo‘yicha musobaqa 2-o‘rin;
- Abdusamatova Kamola – 1-Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi – Birinchi tibbiy yordam bo‘yicha musobaqa 2-o‘rin;
- Yermaxamatov Ulug‘bek – 1-Davolash fakultetining 4-bosqich – “Brain ring” tanlovida 2-o‘rin;
- Nurtosheva Feruza – 1-Davolash fakultetining 2-bosqich talabasi – Sport musobaqalarida 2-o‘rin;
- Mirakbarov Mirolim – 1-Pediatriya fakultetining 3-bosqich talabasi – Ilmiy ma’ruzalarda 3-o‘rin.
Tadbir davomida yozgi maktab doirasidagi loyihalar va bellashuvlarda faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarga diplom, sertifikat hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi.







