Hurmatli izlanuvchilar!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22-maydagi 304-son va 2024 yil 20-avgustdagi 522-son qarorlar talablariga muvofiq,
2025 yilning navbatdagi choragi uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri – mustaqil izlanuvchilikka 15-iyuldan 15-avgustga qadar hujjatlar qabuli Yagona elektron tizimi orqali onlayn tarzda amalga oshirilgan.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim» Mustaqil izlanuvchilik institutiga hujjat topshirganlar:
joriy yil 22-avgust kuni soat 10:00-15:00 (vaqt oraligida qabul) Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, professor F.L.Azizova xonasida (4-qavat) ilmiy rahbar va/yoki ilmiy maslahatchi bilan birga kelishlari talab qilinadi.
E’tibor uchun muhim!
1. Suhbatda qatnashish uchun daraja.ilmiy.uz platformasiga yuklangan hujjatlarning (birlamchi hujjatlar to‘plami) asl nusxalarini hamda rahbar tomonidan rozilik xatini o‘zingiz bilan olib kelish shart.
2. Suhbat videokuzatuv ostida o‘tkaziladi va uning hisobotlari rahbariyatga taqdim etiladi.
3. Suhbatda sababsiz qatnashmagan yoki hujjatlari talab darajasida yuritilmagan nomzod oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga qabul qilinmasligi to’g’risida ogohlantiramiz.
Manzil: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Bosh o’quv binosi, 4-qavat (Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy ko‘chasi, 2-uy).
Hurmat bilan, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi



