Privojsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlari talabalarining birinchi guruhi Nijniy Novgorod shahriga yetib bordi

Privojsk tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturlari talabalarining birinchi guruhi Nijniy Novgorod shahriga yetib bordi

Privojsk tadqiqot tibbiyot universiteti (PTTU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalarning birinchi guruhi PTTUda o’qishni davom ettirish uchun Nijniy Novgorod (Rossiya) shahriga muvaffaqiyatli yetib keldi.

Nijniy Novgorod shahrida talabalar Toshkent davlat tibbiyot universitetining 1-stomatologiya fakulteti dekani Saidmurodxon Murtazayev hamda PTTU mas’ul xodimlari tomonidan kutib olindi.

Nijniy Novgorod shahrida joylashgan PTTUga kelgan talabalar tegishli hujjatlarni muvaffaqiyatli rasmiylashtirib, universitet talabalar turar joyiga (yotoqxona) joylashdilar va yangi o’quv yiliga tayyorgarlik ko’rishni boshladilar.

Translate: Рус

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan