Toshkent davlat tibbiyot universitetida korrupsiyaga qarshi kurashish o‘quv kurslari tashkil etiladi

o'quv kursi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida ishlab chiqilgan “Sog‘liqni saqlash sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish” nomli o‘quv (modul) dasturi asosida o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta’lim oluvchilarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsdida 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat dasturlari bo’yicha 6-bosqich, magistratura va klinik ordinatura mutaxassisliklari bo’yicha 2-bosqich talabalari uchun mazkur o‘quv dasturi asosida sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2025-yil 11-iyuldagi 25-son qarori topshiriqlarini ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 15-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining “Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish haqida”gi 255-sonli buyrug‘i imzolandi.

O‘quv dasturida sog‘liqni saqlash sohasidagi korrupsiya tushunchasi, uning turlari va kelib chiqish omillari, shuningdek, sohaga oid milliy qonunchilik asoslari hamda tibbiyot sohasida kurrupsiyaviy jinoyatlarning yuzaga kelish omillari va javobgarlik kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan