Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rahbariyati qo’shma ta’lim dasturlari talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rahbariyati qo'shma ta'lim dasturlari talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi

2025-yil 22-avgust kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Rossiya Federatsiyasining Nijniy Novgorod shahrida joylashgan Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti (PTTU) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov PTTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Elena Bogomolova hamda tarmoq ta’lim dasturlari fakulteti dekani o‘rinbosari Farogat Valikulova tarkibidagi delegatsiya bilan uchrashuv o’tkazdi.

Uchrashuvda tibbiyot oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, kelgusida qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tashrif davomida ikki universitet rahbariyati qo’shma ta’lim dasturlari talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Bunda Nijniy Novgorod shahrida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, PTTUdagi o’quv jarayoni, hujjatlarni rasmiylashtirish, yotoqxonaga joylashish masalalari yuzasidan maʼlumot va tushuntirishlar berilib, talabalar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

PTTU delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Elena Bogomolova shartnomaga muvofiq ta’limni Rossiya hududida davom ettirish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilganini ma’lum qildi. Shuningdek, u dastur doirasida bir guruh talabalarni o‘qishni davom ettirish uchun Nijniy Novgorod shahriga olib ketayotganini bildirdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, qo‘shma ta’lim dasturida tahsil olayotgan bir guruh talabalar fakultet dekani, mutasaddi xodimlar va ota-onalar hamrohligida ayni damda Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga yetib borishdi. Ularni hamkor universitet vakillari aeroportda kutib olib, tegishli turar joylarga joylashtirdi. Shuningdek, o‘qish davrida Rossiya hududida yashash uchun barcha hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari ham boshlab yuborildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rahbariyati qo'shma ta'lim dasturlari talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti rahbariyati qo'shma ta'lim dasturlari talabalari bilan uchrashuv o'tkazdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan