Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligidagi delegatsiya universitetning Termiz filialida bo‘lib, filial rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda filial rahbariyati tomonidan filialda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, davolash, xalqaro hamkorlik va moliyaviy-iqtisodiy yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Shuningdek, filial faoliyatining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, istiqboldagi rejalar belgilanib olindi.






