Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligidagi delegatsiya universitetning Termiz filialiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida filialda yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, talabalarga taqdim etilgan imkoniyatlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Delegatsiya a’zolari auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxona va boshqa o‘quv maskanlarini ko‘zdan kechirib, filial jamoasi bilan fikr almashdilar.







