2025-yil 20-avgust kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetining Stomatologiya kampusida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Turdikul Bobomuratov hamda universitetda ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash bo’yicha mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni yanada samarali tashkil etish, talabalar o‘rtasida ma’naviy qadriyatlarni mustahkamlash va yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda ommaviy tadbirlarni tashkil etish va san’at bo‘limi xodimlari, psixologlar, profilaktika inspektorlar, fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, tarbiyachi-pedagoglar, talabalar turar joylari mas’ul xodimlari hamda tyutorlar ishtirok etdi.
Talabalar turar joylarida talabalar tarbiyasiga rahbariyat nazorati ostida komendantlar va tarbiyachi-pedagoglar tomonidan muntazam e’tibor qaratilishi, shu bilan birga, ijara xonadonlarida yashovchi talabalar uchun ham xavfsiz va qulay yashash muhitini ta’minlash uchun zarur ishlar olib borilishi lozimligi alohida ta’kidlandi.
Universitet rahbariyati talabalar turar joyi va ijara xonadonlaridagi sharoitlarni doimiy ravishda yaxshilash hamda talabalar orasida madaniyatli, intizomli turmush tarzini shakllantirishga alohida ahamiyat bermoqda.







