Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligidagi delegatsiya hamda filial xodimlari va professor-o‘qituvchilari ishtirokida universitet Termiz filiali Ilmiy Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda filialda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, ilmiy salohiyatni oshirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, klinik bazalar tarmog‘ini kengaytirish, xalqaro hamkorlik faoliyatni rivojlantirish, talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, filial pedagogik jamoasi a’zolari tomonidan bildirilgan fikr-mulohaza va takliflar tinglandi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar, qo‘shma loyihalar, xalqaro hamkorlik istiqbollari va ta’lim jarayoniga ilg‘or tajribalarni joriy etish bo‘yicha rejalarni belgilab oldilar.







