Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi

Bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradovni qabul qildi.

Uchrashuvda universitetning Termiz filialida malakali kadrlar tayyorlash jarayonlari, filialda zamonaviy moddiy-texnik bazani shakllantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qulay sharoitlar yaratish, filial faoliyatini raqamlashtirish, ta’lim sifatini va ilmiy salohiyatni oshirish, bitiruvchilar bandligini ta’minlash hamda viloyat tibbiyot muassasalarini yuqori malakali tibbiyot kadrlari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Universitet rektori Shuxrat Boymuradov viloyatda tibbiyot ta’limiga qaratilayotgan e’tibor va filialda yaratilgan sharoitlar uchun viloyat rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. O‘z navbatida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Surxondaryoda tibbiyot sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash, viloyat aholisi ehtiyojlarini qondirish hamda sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirishda universitet va uning filiali muhim o‘rin tutayotganini alohida ta’kidladi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Surxondaryo viloyati hokimi bilan uchrashdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan