Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Chirchiq filialida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Chirchiq filialida

Ayni damda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligida universitet rahbariyati Chirchiq filialida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazmoqda. Unda universitet prorektorlari, filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etmoqda.

Kun tartibida filialda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, ilmiy salohiyatni oshirish, raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish, talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, klinik bazalar tarmog‘ini kengaytirish, xalqaro hamkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda talabalarda ma’naviy-ma’rifiy muhit barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, yig‘ilishda professor-o‘qituvchilar va filial jamoasi a’zolari tomonidan bildirgan fikr-mulohazalar va takliflar tinglanmoqda.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Chirchiq filialida Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Chirchiq filialida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti rahbariyati Chirchiq filialida

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan