KORRUPSIYANING OLIY TA’LIMIGA TA’SIRI

Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir. O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi global korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining faol ishtirokchisiga aylandi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari mustahkamlanib bormoqda. Jumladan, oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish komplayens nazorati mexanizmlari takomillashtirildi, xususan, ya’ni oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari mustahkamlandi. Korrupsiyaga qarshi komplayens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga muvofiq tashkil etuvchi, manfaatlar to‘qnashuvini va korrupsiya xavf-xatarlari o‘z vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid alohida bo‘linmalar tashkil etildi. Xodimlarnii ishga qabul qilish va xizmat ko‘rsatishning shaffofligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilmoqda. Bundan tashqari, oliy ta’lim tizimida shaffoflik va raqamlashtirishni oshirish choralari ko‘rildi. Xususan, oliy o‘quv yurtlari faoliyatini baholashning yangi tizimi joriy etilib, korrupsiya holatlari to‘g‘risida ma’lumoti bor xabari fuqarolar uchun “ishonch telefoni” tashkil etidi. Korrupsiyaviy holatlarni sodir etgan mansabdor shaxslarga va xodimlarga nisbatan jazo choralarini kuchaytirildi. Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlarnii vatanga sadoqatli, yurtiga, jamiyatga jonkuyar inson etib tayyorlaydigan maskandir. Biroq tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim chora-tadbirlar, islohotlar va profilaktik targ‘ibotlar amalga oshirilishiga qaramasdan, korrupsiya va uning oqibatlari oliy ta’limga ta’siri havfi mavjud. Oliy ta’lim muassasalari talabalar tanlangan kasblarida muvaffaqiyatga erishishda zarur ko‘nikmalarni rivojlantirishlari mumkin bo‘lgan maskandir. Korrupsiya oliy ta’lim uchun katta tahdid bo‘lib, talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilar va kelajakda jamiyat uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bular ta’lim sifatining pasayishiga, oliy ta’lim muassasalarga ishonchning yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, universitetning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Korrupsiyaning kelib chikish omillari, turli shakllari, uning sabablari talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilar hamda jamiyat uchun xavfli ekanini bilish zarur. Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Xususan, oliy ta’lim tizimida halollik, shaffoflik hamda ochiqlik uchun birgalikda harakat qilishimiz zarur. Ta’kidlash joizki, oliy talimda korrupsiyaga qarshi kurashish – avvalo, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar bilan tashkiliy-uslubiy hamda o‘quv-uslubiy ishlar, xususan, sohada kasbiy mahoratini shakllantirish, korrupsiya og‘ir jinoyat va mamlakat rivojiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi, shuningdek, jamiyat uchun ijtimoiy xavf tug‘diruvchi hodisa ekanligini tushunishga qaratilgan qator tadbirlarni tashkil etishni o‘z ichiga oladi. Bir so‘z bilan aytganda, korrupsiyaning jinoyat ekanini va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish g‘oyasini talaba-yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish maqsadga mofiq bo‘ladi. Zero, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni shakillantirish – yoshlarning kundalik hayot tarziga aylanishi shart.

Toshkent Davlat tibbiyot universiteti korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi bosh mataxassisi Yusupov Dilmurod Zukurjanovich

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan