2025-yil 26-avgust kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetida muhim va quvonchli voqea – N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetining ordinaturasiga o‘qishga qabul qilingan bitiruvchilarni kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ToshDavTU rektori, professor Shuxrat Boymuradov yosh mutaxassislar bilan uchrashib, ularni samimiy tabrikladi hamda quyidagi so‘zlarni ta’kidladi:
“Sizlar – Vatanimizning yuzidirsiz. Har bir muvaffaqiyatingiz O‘zbekiston nomini ulug‘laydi. Ishonamizki, sizlar ertangi kunda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining tayanchi bo‘lib, xalqimiz salomatligiga katta hissa qo‘shadigan avlodga aylanasiz.”
Bu safar nafaqat talabalarning, balki butun universitet jamoasining yutug‘i sanaladi. Yoshlar ilm-fan, ta’lim va amaliyotda yangi marralarni egallash uchun yo‘lga chiqmoqda.
Ma’lumot uchun: 2025/2026 o‘quv yilida Pirogov universiteti ordinatura dasturlari uchun O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovda ajratilgan 31 ta grant o‘rnidan 14 tasini Toshkent davlat tibbiyot universiteti bitiruvchilari qo‘lga kiritdi. Bu esa TDTU talabalari tayyorgarligi va salohiyatining yorqin isbotidir.
Ularga safar va ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!




