Kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari“ to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar, yangi o‘quv yilida kafedra va professor-o‘qituvchilar oldida turgan ustuvor vazifalar, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida belgilangan yo‘nalishlar va istiqbolli rejalar muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, yig‘ilishda professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash, dissertatsiya, monografiya, o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash hamda ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.





