2025-yil 29-avgust kuni soat 06:19 dan 09:53 gacha https://license.gov.uz axborot tizimida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli, ko‘rib chiqish muddati tugamagan arizalar bo‘yicha ayrim nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining amaldagi litsenziyalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi so‘rovlariga tizim tomonidan belgilangan talab buzilgan holda ijobiy xulosalar shakllantirilgan.
Mazkur holat texnik xatolik hisoblanib, hozirda uning sabablari tegishli idoralar bilan hamkorlikda chuqur o‘rganilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot jamoatchilikka taqdim etiladi.
hu bilan birga, quyida nomlari keltirilgan ta’lim tashkilotlariga yangi ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha qabul jarayonlarini tashkil etish uchun hech qanday ruxsat berilmaganini alohida ta’kidlaymiz:
“UNIVERSITY OF BUSINESS AND SCIENCE” MCHJ – masofaviy ta’lim shakllariga;
“Osiyo Xalqaro Universiteti” MCHJ – ayrim masofaviy ta’lim shakllariga hamda Xorazm viloyati, Urganch shahridagi yangi faoliyat manziliga;
“Iqtisodiyot va Pedagogika Universiteti” NTM –tibbiyot yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, masofaviy ta’lim shakllari hamda Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi yangi faoliyat manziliga;
“SHARQ-UNIVERSITY” MCHJ – bank ishi, buxgalteriya hisobi ta’lim yo‘nalishlari va barcha kechki va masofaviy shakllarga;
“PROFI UNIVERSITY” MCHJ – yurisprudensiya ta’lim yo‘nalishi, masofaviy shakl va barcha magistratura mutaxassisliklariga.
Shu sababli, mazkur tashkilotlar tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlar, mutaxassisliklar, taʼlim shakllari hamda faoliyat manzillari bo‘yicha e’lon qilinayotgan ma’lumotlar asossiz hisoblanadi.



