Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari talabalar Sankt-Peterburg shahriga yetib bordi

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlik

Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlarida tahsil olayotgan talabalar va klinik ordinatorlar pediatriya universitetida o‘qishni davom ettirish uchun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahriga muvaffaqiyatli yetib bordilar.

Talabalar Sankt-Peterburg shahriga Toshkent davlat tibbiyot universitetining 2-Pediatriya ishi fakulteti dekani Dilfuza Ashurova boshchiligidagi delegatsiya hamda pediatriya universiteti mas’ul xodimlari tomonidan kutib olindi.

Universitet delegatsiyasi a’zolari pediatriya universiteti rektori, professor Dmitriy Ivanov hamda mas’ul xodimlari bilan talabalarning Sank-Peterburgdagi oʻquv, ilmiy-tarbiyaviy faoliyati, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, talabalar turar joyiga joylashish va boshqa tashkiliy masalalarni muhokama qilib oldilar.

Sankt-Peterburg shahrida joylashgan pediatriya universitetiga qo‘shma dasturlar doirasida o‘qishni davom ettirish uchun kelgan talabalar tegishli hujjatlarni muvaffaqiyatli rasmiylashtirib, universitet talabalar turar joyiga (yotoqxona) joylashdilar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishni boshladilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan