Xayriya bayrami — mehr va ezgulikka bagʻishlandi

Xayriya bayrami — mehr va ezgulikka bagʻishlandi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti faol talabalari — tibbiy volontyorlari guruhi tashabbusi bilan “Delay dobro” volontyorlik harakati bilan hamkorlikda Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida xayriya tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida markazda davolanayotgan bolajonlarga quvonch ulashilib, barcha ishtirokchilarga iliq kayfiyat hadya etildi.

“Bunday tashabbuslar nafaqat mehr va g‘amxo‘rlikni targ‘ib etadi, balki talabalarning ijtimoiy faolligini ham yanada oshiradi.” – deydi tadbir tashabbuskorlaridan biri Toshkent davlat tibbiyot universitetining faol talabasi, Butunjahon yoshlar ofisi rahbari, “Delay dobro” volontyorlik harakati asoschisi Jasurbek Kamilov.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan