Yashasin O‘zbekiston davlati! Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Yashasin O‘zbekiston davlati! Yashasin O‘zbekiston xalqi!

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Mustaqillik – xalqimizning eng ulug‘ qadriyati, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevori, yuraklarimizda porlab turgan ezgulik mash’alidir. Bu qutlug‘ sana ota-bobolarimizning asriy orzusi, fidokorona mehnati va matonatining yorqin samarasi sifatida biz uchun benihoya qadrli hisoblanadi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti jamoasi mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimizning sog‘lom hayoti va farovon kelajagi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga, ilmiy va amaliy yutuqlarimizni Vatanimiz ravnaqiga bag‘ishlashga doimo tayyor.

Go‘zal va betakror O‘zbekistonimizning har bir xonadonida tinchlik, baraka va farovonlik hukm sursin! Mustaqillik bayramimiz muborak bo‘lsin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan