2025-yil 4-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov universitetning bolalar ko‘p tarmoqli klinikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida klinika infratuzilmasi, kafedralarning moddiy-texnik bazasi, ta’lim jarayoni, talabalarning amaliyotdagi ishtiroki va ilmiy izlanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati masalalari ko‘zdan kechirilmoqda.
Universitetning bolalar ko‘p tarmoqli klinikasida bo‘lib turgan rektor talaba-yoshlar, shifokor va professor-o‘qituvchilar bilan muloqot o‘tkazib, unda klinikani yanada rivojlanishi, tibbiy kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish va innovatsion tibbiyot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirilmoqda.
Ushbu tashrif universitet klinikasida tibbiy xizmat ko‘rsatish va ilmiy-amaliy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.






