Toshkent davlat tibbiyot universitetida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo’yicha 1-bosqichga o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun 2025/2026-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha baholash natijalari e’lon qilindi.
2025/2026-o‘quv yili uchun ta’lim grantlarni qayta taqsimlash bo’yicha baholash natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
- Bosh kampus (sobiq Toshkent tibbiyot akademiyasi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari natijalari: https://shorturl.at/pjJZX
- Bosh kampus (sobiq Toshkent tibbiyot akademiyasi) magistratura mutaxassisliklari natijalari: https://shorturl.at/CiDwq
- Pediatriya kampusi (sobiq Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari natijalari: https://shorturl.at/2xS5C
- Pediatriya kampusi (sobiq Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) magistratura mutaxassisliklari natijalari: https://shorturl.at/SNvSG
- Stomatologiya kampusi (sobiq Toshkent davlat stomatologiya instituti) bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari natijalari: https://h1.nu/18yLX
- Stomatologiya kampusi (sobiq Toshkent davlat stomatologiya instituti) magistratura mutaxassisliklari natijalari: https://h1.nu/1d4lB
Ma’lumot uchun: Ta’lim grantini qayta taqsimlash natijalari e’lon qilinganidan so’ng 48 soat davomida universitetning rasmiy veb-sayti orqali appelyatsiya berish mumkin.



