Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumida ishtirok etmoqda

Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi

Ayni damda Buxoro shahrida Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 35-yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tibbiyot forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu forumda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov ishtirok etmoqda.

Forumda so‘zga chiqqan universitet rektori Abu Ali ibn Sino tavalludining 1045-yilligi hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti tashkil etilganligining 35-yilligi munosabati bilan samimiy murborakbod etib, mazkur tadbir nafaqat Abu Ali ibn Sinonning ilmiy merosini chuqur o‘rganish, balki zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolarini muhokama qilish va yangi yechimlarni topish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, forum doirasida tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari rektorlari rayosatining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi

Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi

Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi  Buxoro shahrida o’tkazilayotgan xalqaro tibbiyot forumi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan