Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya muammolariga bag’ishlangan xalqaro simpoziumni tashkil etdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya muammolariga bag'ishlangan xalqaro simpoziumni tashkil etdi

Bugun, 2025-yil 7-sentabr kuni Toshkent shahrida “Neobiotech Tashkent Symposium 2025” xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro miqyosdagi tadbir Neobiotech Uzbekistan hamda Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z taqdimotida jag‘ deformatsiyalarini jarrohlik yo‘li bilan davolash sohasidagi so‘nggi yutuqlar, xalqaro tajriba almashinuvi hamda talabalarning amaliy bilimlarini mustahkamlash yo‘nalishidagi islohotlarga to‘xtalib o‘tdi.

Simpoziumda nafaqat O‘zbekiston, balki boshqa davlatlardan ham yetakchi mutaxassislar va ilmiy doira vakillari ishtirok etdilar. Ular zamonaviy dental implantologiya, innovatsion jarrohlik uslublari va yangi ilmiy izlanishlar bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Symposiumning asosiy maqsadi — tibbiy ta’limda ilg‘or innovatsiyalarni joriy etish, xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va stomatologiya sohasida ilmiy-amaliy faoliyatni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya muammolariga bag'ishlangan xalqaro simpoziumni tashkil etdi Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya muammolariga bag'ishlangan xalqaro simpoziumni tashkil etdi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya muammolariga bag'ishlangan xalqaro simpoziumni tashkil etdi Toshkent davlat tibbiyot universiteti stomatologiya muammolariga bag'ishlangan xalqaro simpoziumni tashkil etdi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan