Mamlakatimiz mustaqilligining 34-yilligi va yangi 2025/2026-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universitetining barcha kampuslarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Talabalar va pedagogik jamoa xalqimiz ardog‘idagi taniqli ma’naviyat fidoyilari, yurtimiz dovrug‘ini dunyoga tanitishda xizmat qilib kelayotgan sport ustalari va siyosatshunos olimlar ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.
Talaba yoshlar ijrosida musiqiy-badiiy dastur namoyish etildi.
Tadbirdan so‘ng universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.







