Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (JQTA) o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Imzolangan shartnoma JQTA talabalarining “Davolash ishi”, “Pediatriya” va “Stomatologiya” yo‘nalishlarida ta’limni bir qismini ToshDavTu bazasida o‘tashlari, klinik ordinaturaning dolzarb yo‘nalishlarida Qozog‘iston fuqarolari tahsil olishi va ilmiy sohada hamkorlikni yanada rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikka yo‘l ochdi.
Ma’lumot uchun: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi 1979-yil tashkil etilgan. Akademiyada 6 mingga yaqin talaba tahsil olib kelmoqda.



