Toshkent davlat tibbiyot universiteti va Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi hamkorligi doirasida “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida uslubiy va o‘quv-metodik ishlarni tashkil etishga oid normativ-huquqiy hujjatlar mazmun va mohiyati bilan yaqindan tanishish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Universitet Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasining assistenti Jamshid Turg‘unboyivich Abdurazzoqov, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi 648-son qarori mazmuniga oid “Professional ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi muammo va yechimlari” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Seminarda professional ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi va hemis tizimiga oid muammo va yechimlar, ta’lim jarayonining sifatini oshirish, samaradorligini baholash masalalari keng muhokama qilindi. Shuningdek, tadbir davomida kasbiy ta’lim tashkilotlarida ta’lim samaradorligini oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar muhim mezon sifatida qayd etildi.
Universitet Biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasining katta o‘qituvchilari F.Sh.Tuxtaxo‘jayeva hamda D.I.Sayfullayeva tomonidan Yangiyo‘l Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidagi turdosh kafedralar tomonidan elektron qo‘llanmalar va mavzuga oid o‘quv taqdimot materiallarini hamkorlikda yaratishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha suhbatlar olib borildi.




