Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta’lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish masalalari muhokama qilindi

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish masalalari muhokama qilindi

2025-yil 11-sentabr kuni Toshkent davlat tibbiyot universitetiga Yevroоsiyo davlatlari tibbiyot muassasalarini akkreditatsiya qilish markazi (ECAQA) ilmiy maslahatchisi, Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) xalqaro eksperti Farida Nurmanbetova tashrif buyurdi.

Mehmonni universitet rektori, professor Shuxrat Boymuradov samimiy kutib oldi. Uchrashuv davomida xalqaro akkreditatsiya jarayonlari, ta’lim sifatini oshirishda jahon standartlari, WFME tajribasini tatbiq etish masalalari keng muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar universitetda xalqaro tajribani keng joriy etish va akkreditatsiya jarayonini samarali tashkil etishga oid istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldilar.

Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish masalalari muhokama qilindi Toshkent davlat tibbiyot universitetida ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish masalalari muhokama qilindi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan